Afg‘oniston, O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida transafg‘on temiryo‘li loyihasini texnik jihatdan o‘rganish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Bu haqda Avapress xabar berdi.
Afg‘oniston milliy temiryo‘l boshqarmasi rahbari mulla Baxtul Rahmon Sharofat 19-fevralda O‘zbekistonga tashrif buyurgandi. Tashrifi chog‘ida O‘zbekiston va BAA vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Tomonlar transafg‘on temiryo‘li loyihasining texnik va iqtisodiy tadqiqotlarini boshlash bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzolagan.
Uning asosida shartnomachi kompaniya o‘z moliyaviy mablag‘lari hisobidan transafg‘on temiryo‘li loyihasi bo‘yicha texnik, ijtimoiy va iqtisodiy tadqiqotlar olib boradi. Keyinchalik tadqiqotlar natijasi Afg‘oniston, O‘zbekiston va Pokistonning moliya institutlari va ishbilarmonlariga sarmoya jalb qilish uchun yetkaziladi. Dastlabki tadqiqotlarga ko‘ra, temiryo‘l qurilishi tugallanib, foydalanishga topshirilishi uchun besh yil kerak bo‘ladi.
Transafg‘on temiryo‘li loyihasi Afg‘oniston orqali Markaziy Osiyo davlatlarini Janubiy Osiyo davlatlari bilan bog‘laydi.
O‘zbekiston—Afg‘oniston—Pokiston uch tomonlama temir yo‘l loyihasining uzunligi 760 kilometr bo‘lib, qurilish qiymati 4,8 milliard dollarga baholanmoqda.
“Tolibon” temiryo‘l boshqarmasiga, ushbu tadqiqotlar BAAning “ADL Ulanish” kompaniyasi tomonidan ushbu kompaniyaning moliyaviy mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi va uning natijalari sarmoya jalb qilish maqsadida mamlakatlar moliya institutlari va ishbilarmonlariga e’lon qilinadi.
Izoh (0)