17-fevral kuni Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari mamlakatning Belgorod, Voronej, Kursk, Bryansk va Kaluga viloyatlarida 33 ta Ukraina uchuvchisiz qurilmalarini tutib oldi va yo‘q qildi. Bu haqda “TASS” nashri Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotiga asoslanib xabar berdi.
Bugun tunda Kiyev rejimining Rossiya hududidagi obyektlarda 33 ta samolyot tipidagi uchuvchisiz uchoqlardan foydalangan holda terakt uyushtirishga urinishining oldi olindi. Navbatchi havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari Belgorod viloyati osmonida 4 ta, Voronej viloyatida 4 ta, Kursk viloyatida 1 ta, Bryanskda 18 ta hamda Kaluga hududida 6 ta dronni urib tushirgan, — deyiladi xabarda.
Mudofaa vazirligi yangi hujumlar bo‘lishi ehtimolini istisno etmagan holda, joylarda tayyorgarlik darajasini oshirishni buyurgan.
Izoh (0)