“Ezgu amal” xayriya jamg‘armasi Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi bilan hamkorlikda “Bolalar bilan birga — umid bilan birga” xayriya festivali o‘tkazilishini e’lon qildi.
Xalqaro bolalar onkologiyasiga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlangan ushbu tadbir 2024-yil 18-fevralda Yoshlar saroyida bo‘lib o‘tadi.
Festivalning maqsadi onkologik va gematologik kasalliklarga chalingan bolalarni qo‘llab-quvvatlash uchun mablag‘ to‘plash va jamoatchilik e’tiborini ushbu dolzarb muammoga qaratishdan iborat.
Tushgan mablag‘lar Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazidagi yosh bemorlarning hayotini saqlab qolish va yashash sifatini yaxshilashga yordam beradigan zarur uskuna-jihozlar, dori-darmonlar va tadqiqotlarni moliyalashtirishga sarflanadi.
Izoh (0)