O‘zbekistonda 2023-yilda 7 ta yangi oliy taʼlim muassasasi faoliyati yo‘lga qo‘yilib, ularning soni jami 213 taga yetdi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova maʼlum qildi.
Unga ko‘ra, ularning 116 tasi davlat, 67 tasi nodavlat, 30 tasi esa xorijiy oliy taʼlim muassasalaridir. Hozirda 213 ta oliygohda 1 million 300 ming nafardan ziyod talaba tahsil olib, bu ko‘rsatkich orqali yoshlarni oliy taʼlim bilan qamrab olish darajasi 2022-yilgi 38 foizdan 42 foizga oshdi.
Quacquarelli Symonds fan sohalari reytingida 2 ta oliygoh 4 ta fan sohalari bo‘yicha top-500, Quacquarelli Symonds Osiyo universitetlari reytingi-2024 ro‘yxatida 14 ta oliygoh top-1 000, Quacquarelli Symonds Sustainability Rankings-2024 reytingida 3 ta oliygoh top-1 000 universitetlar ro‘yxatiga kiritildi.
Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida umumiy qiymati 242,3 milliard so‘m bo‘lgan 157 ta ilmiy loyiha moliyalashtirildi. Ilmiy faoliyatga oid umumiy moliyalashtirish hajmi 970,06 milliard so‘m bo‘lgan 558 ta loyiha amalga oshirildi.
Izoh (0)