Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi statistik maʼlumotlariga ko‘ra, 2023-yil oxiriga kelib Istanbulga kelgan xorijiy sayyohlar soni 17 milliondan oshdi.
Bu o‘tgan yilga nisbatan 8,4 foizga ko‘pdir.
Rossiya Istanbulga sayyohlar oqimi bo'yicha birinchi o'rinni egalladi, shaharga 1,99 million ruslar tashrif buyurgan. Ikkinchi o‘rinda Germaniya – 1,28 million, uchinchi o‘rinda esa bir milliondan ortiq sayyoh bilan Eron joylashgan.
Shuningdek, kuchli o‘ntalikka AQSH (853,8 ming), Buyuk Britaniya (701,4 ming), Saudiya Arabistoni (604,5 ming), Fransiya (589,1 ming), Italiya (431,6 ming), Iroq (404,6 ming) kiradi.
O‘zbekistondan Istanbulga 2023-yil davomida 389,7 ming sayyoh tashrif buyurgan.
Izoh (0)