Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketi doirasida 55 ga yaqin kompaniya va 60 dan ortiq jismoniy shaxslarga nisbatan cheklovlar joriy etishni taklif qildi.
Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.
Materialda aytilishicha, sanksiyalar Rossiya mudofaa korxonalari tomonidan qo‘llanilayotgan qurol-yarog‘ ishlab chiqarish va asosiy texnologiyalarni yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi shaxslar va kompaniyalarga qarshi qaratilgan.
Qayd etilishicha, bu takliflar qabul qilinishi uchun Yevropa Ittifoqiga a’zo barcha davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi kerak.
Avvalroq Yevropa Ittifoqi bir qator sanoat mamlakatlarining qarshiligi tufayli Rossiyadan alyuminiy importini taqiqlashni hozircha sanksiyalar paketiga kiritmasligi xabar qilingan edi.
Izoh (0)