Toshkent shahar Mirobod tumanida uchta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda YHXB axborot xizmati xabar berdi.
![](/static/2024/02/08/yt-095C6OeI.jpg)
Aniqlanishicha, 8-fevral kuni taxminan soat 15:45 larda Mirobod tumani Nukus—Mirobod ko‘chalari kesishgan chorrahasida
- 1979-yilda tug‘ilgan V.K. boshqaruvida bo‘lgan Kia rusumli avtomashina;
- 1959-yilda tug‘ilgan R.R. boshqaruvida bo‘lgan Matiz rusumli avtomashina;
- Zeekr rusumli avtomashina (haydovchining shaxsiga oydinlik kiritilmoqda) ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH natijasida Kia, Matiz, haydovchilari va Zeekr rusumli avtomashinasining haydovchisi va yo‘lovchisi shifoxonaga olib borilgan. Holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.