Samarqand shahrida qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini sotuvga qo‘ygan savdo do‘konlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati xabar berdi.
O‘tkazilgan tezkor tadbirda “A.J.” va “A.S.” MCHJlarga qarashli spirtli ichimliklar savdo do‘konlarida hech qanday hujjatsiz umumiy qiymati 301,3 mln so‘mlik har xil turdagi jami 12 432 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari sotuvga qo‘yilgani aniqlangan.
Shundan so‘ng mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)