O‘zbekistonning uch viloyatidagi ayrim iste’molchilar vaqtincha elektr energiyasi ta’minotidan uzildi. Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, respublika hududlarida kuchli shamol va yomg‘ir (qor) yog‘ishi natijasida ayrim elektr tarmoqlarida kichik nosozlik yuzaga kelgan. Buning natijasida:
- Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala, G‘uzor, Shahrisabz, Yakkabog‘, Kitob va Qarshi tumanlari qisman (jami 5 430 ta iste’molchi);
- Samarqand viloyatining Nurobod, Past Darg‘om va Ishtixon tumanlari qisman (jami 3 500 ta iste’molchi);
- Jizzax viloyatining Forish va Sh.Rashidov tumanlari qisman (jami 950 ta iste’molchi) elektr ta’minotidan uzilgan.
Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda maxsus brigadalar tomonidan nosozliklarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Nosozliklar qisqa vaqt ichida bartaraf etiladi va iste’molchilarning elektr ta’minoti qayta tiklanadi. Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘ralgan.
Izoh (0)