Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 24-yanvarda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 16,99 so‘mga ko‘tarilib, 12 435 so‘m bo‘ldi. Yevro 7,32 so‘mga oshib, 13 539,23 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,08 so‘mga ko‘tarilib, 141,39 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi ikki kunlik pastlashdan so‘ng ko‘tarilib, 12 418,01 so‘m bo‘lgandi. Yevro va rubl kursi ham oshgandi.
O‘zbekistonda dollar kursi 2024-yil 11-yanvardan buyon 12 400 so‘mdan yuqori bo‘lib turibdi.
Izoh (0)