Serbiyaning Sombor shahrida boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Millatlar kubogi yakuniga yetdi.
Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi aʼzolarining barchasi shohsupaga ko‘tarildi.
Musobaqa davomida o‘zbekistonlik bokschilar 4 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza medallariga sazovor bo‘ldi. Yana bir ahamiyatli tomoni, -50 kg vazn toifasida jang qilgan Feruza Kazakova turnirning eng yaxshi bokschisi deb topildi. G‘olib va sovrindorlar bilan tanishing:
Oltin medal:
-50 kg: Feruza Kazakova
-52 kg: Aziza Yakubova
-57 kg: Sitora Turdibekova
-75 kg: Aziza Zokirova
Kumush medal:
-48 kg: Saidaxon Rahmonova
-60 kg: Rayhona Qodirova
-66 kg: Navbahor Hamidova
Bronza medal:
-54 kg: Muxlisa Xushvaqtova
-63 kg: Mohinabonu Abdullayeva
-70 kg: Xadichabonu Abdullayeva
-81 kg: Oltinoy Sotimboyeva
Izoh (0)