Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida Cobalt bilan to‘qnashgan “Jiguli” bo‘laklarga bo‘linib ketdi. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Unda aytilishicha, holat 18-yanvar kuni soat 17:00 larda Quyi Chirchiq tumani hududidan o‘tgan 4R20 Chinoz—Do‘stobod—Oqqo‘rg‘on avtomobil yo‘lining 13-kilometrida sodir bo‘lgan. 1994-yilda tug‘ilgan M.I. boshqaruvidagi “VAZ 2101” rusumli transport vositasi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, qarshisidan harakatlanib kelayotgan haydovchi 1999-yilda tug‘ilgan A.Sh. boshqaruvidagi Cobalt bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Ushbu yo‘l-transport hodisasi natijasida “VAZ 2101” haydovchisi M.I. tan jarohati olib tuman kasalxonasiga yotqizilgan.
Izoh (0)