• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Medvedevning maqsadi ma’lum...

    Yaqindagina rossiyalik Zaxar Prilepin ismli lo‘ttibozning “O‘zbekistonga o‘xshaganlarni bosib olish kerak va ularga shu yerning o‘zida rus tilini o‘qitish lozim”, degan bayonoti ancha shov-shuvlarga sabab bo‘lgan edi. Hattoki Rossiya elchisi Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirilib, izoh berishga majbur bo‘lgandi. Mana, eskisi sovimay turib, yana bir bayonot yangradi, garchi unda O‘zbekiston tilga olinmagan bo‘lsa-da, xavfsizlik nuqtayi nazaridan, albatta, eʼtibor qaratilishi kerak. Chunki bu bayonot muallifi chakana odam emas, Rossiya Federatsiyasining sobiq prezidenti, bugungi kunda Xavfsizlik kengashi raisining o‘rinbosari Dmitriy Medvedev.

    “Rossiyaning tarixiy hududlarida boshqa bir mustaqil davlatning mavjudligi doimiy ravishda harbiy harakatlarni boshlashga sabab bo‘ladi. Endi kech bo‘ldi. Ukraina deb nomlanuvchi saraton o‘smasining boshida kim turishidan qatʼi nazar, u qonuniy yoki huquqiy maqomga ega bo‘lib qolmaydi. Binobarin, yangi to‘qnashuv ehtimoli doimiy saqlanib qolaveradi. Har doim”.

    — Eʼtibor qilyapsizmi, Rossiya urushda yutadimi-yutqazadimi, bundan qatʼi nazar, yangi urush ehtimoli doimo saqlanib qolar ekan. Chunki Ukraina degan davlat borligining o‘ziga toqat qilib bo‘lmas ekan. Qiziq, bu Medvedevning shaxsiy fikrimi yoki rasmiy Kremlning pozitsiyasimi?

    Abduvali Soyibnazarov, siyosatshunos

    — Bu, albatta, Kremlning nuqtayi nazari, chunki Medvedev Kremldagi eng martabali rasmiylardan biri. U Xavfsizlik kengashi raisining o‘rinbosari, yaʼni Putinning ushbu tashkilotdagi muovini sanaladi. Shuning uchun bemalol bu Kremlning bayonoti, deb aytish mumkin. Bunda ikkita jihatga eʼtibor qaratilyapti, birinchi navbatda, go‘yoki Ukraina xalqi bugungi Bandera tuzumidan katta jabr-sitam tortyapti, ikkinchidan, Rossiya Ukrainaning janubiy va sharqiy hududlariga ko‘z tikmoqda. Yaʼni Rossiyaning “Ukraina sunʼiy davlat, biz uni yaratishga hissa qo‘shganmiz, bolsheviklar Ikkinchi jahon urushi natijalariga ko‘ra Ukrainaga Polsha, Vengriya va Ruminiya hududlaridan bir qism, bir qismdan olib berishgan, Ukrainani katta yirik davlatga o‘zimiz aylantirganmiz. Bugun Ukraina bizga xiyonat qildimi, biz avvalgi hududlarimizni qaytarib olishimiz kerak”, degan daʼvoni ilgari suryapti. Buning xatarli tomoni shundaki, dunyoning boshqa davlatlari ham ertaga Rossiyaning tajribasidan o‘rnak olib, qadimda biror hududi yon qo‘shnisiga o‘tib ketgan bo‘lsa, mojaro kelib chiqishi va dunyo tartiboti o‘zgarib ketishi mumkin.

    — Ha, maqsad Ukrainani butkul parchalab tashlash ekani maʼlum. Yodingizda bo‘lsa, o‘tgan yilning yoz oylarida Rossiya Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida Polsha hukumatining urushdan keyingi maqsadlari muhokama etilgan edi. O‘shanda, mutaxassislar fikriga ko‘ra, Rossiya rahbariyati Polshaga Ukrainaning g‘arbiy hududlarini qo‘shib olishi mumkinligi, faqat buni Moskva bilan kelishilgan holda amalga oshirish zarurligi yuzasidan nozik ishoralar bergan. Demak, Rossiya Ukrainaning butun hududiga daʼvo qilayotgani yo‘q, nega?

    Abduvali Soyibnazarov, siyosatshunos

    — Rossiya juda yaxshi biladiki, Lvov, Vinnitsa kabi Ukrainaning g‘arbiy hududlari hech qachon Rossiyaga bo‘yin egmaydi, shuning uchun Rossiya ko‘proq rusiyzabon aholi istiqomat qiladigan hududlarga ko‘z tikyapti. Ular Odessa va Kiyevgacha borishi mumkin, ertaga bu jarayonga boshqa o‘yinchilarning qo‘shilib ketish ehtimoli yuqori. Vengriya, Polsha va Ruminiya hukumatlari o‘zlarining azaliy hududlarini qaytarishni xohlab qolishi mumkin, yaʼni hamma urushning taqdiriga ko‘z tikib turibdi.

    — Medvedevning bayonotiga qaytsak: U Ukraina hukumatini va ukrain xalqini hech qanday kuch himoya qilolmasligidan “ogoh” etmoqda. “G‘arb Kiyevdagi qo‘g‘irchoq rejim bilan qanday xavfsizlik hujjatlarini imzolamasin, yuz foiz yangi urush ehtimoli saqlanib qolaveradi. Ukraina Yevropa Ittifoqiga aʼzo bo‘ladimi, NATOga qabul qilinadimi — farqi yo‘q, o‘n yildan keyinmi, ellik yildan keyinmi — baribir urush bo‘ladi”. Yaʼni Ukraina uchun davlat sifatida parchalanib, yo‘qlikka singib ketishdan o‘zga chora mavjud emas. “Rossiya raketalari uni qachon bo‘lsa ham, qaysi tashkilot tarkibida bo‘lsa ham, yo‘q qiladi. Ayni shu sababdan Ukrainaning mavjudligi ukrainlar uchun halokatlidir”, degan Dmitriy Anatolyevich.

    “Ukrainlar — oq-qorani ajrata oladigan odamlar. Hozir ular ruslarga qanchalik o‘lim tilamasin, Rossiya hukumatidan qanchalik nafratlanmasin, ertaknamo bo‘lib tuyulayotgan Yevroittifoq va NATOga qanchalik intilishmasin, vaqti kelib yo abadiy urush va o‘lim, yo hayotni tanlash vaqti kelganda, mutlaq ko‘pchilik ukrainlar hayotni tanlaydilar. Chunki katta va umumiy davlatda birgalikda yashash — o‘zlarining va yaqinlarining o‘limidan ko‘ra afzal ekanini tushunishadi. Ukrainaliklar buni qanchalik tez anglab yetsa, shuncha yaxshi”.

    Mana shunaqa, tanlash imkoniyati unchalik katta emas, Yo umumiy davlatda birga kun kechirish yo o‘lim. Boshqa yo‘l yo‘q. Senga Yevropa Ittifoqi ham, NATO ham yordam berolmaydi. Asos — bir paytlar hozirgi Ukraina hududining katta qismi Rossiya imperiyasiga tegishli bo‘lgan. Bir qismi Polshaga, darvoqe, yuqorida eslaganimiz — Polshaga taklifning sababi ham shu edi, bir qismi Ruminiyaga va h.k. Binobarin, Rossiya o‘ziga qarashli yerlarni qaytarib olishga haqli. Shu o‘rinda bir “kichkinagina” savol tug‘iladi: Unday bo‘ladigan bo‘lsa, bir paytlar Qozog‘iston ham, Markaziy Osiyo respublikalari ham Chor Rossiyasi tarkibida bo‘lgan-ku, bizga ham navbat kelib qolarmikan yo?...

    Abduvali Soyibnazarov, siyosatshunos

    — Masalan, Shimoliy Qozog‘iston go‘yoki Rossiyaning tarixiy hududlari ekanligini Rossiya rasmiylari ochiq aytyapti. Hamma narsa Ukraina urushining borishiga bog‘liq. Agar Ukraina yutqazsa yoki kapitulyatsiyaga imzo cheksa, bu Rossiyaning ishtahasini ochib yuborishi mumkin: ertaga Sharqiy Yevropada Yevroittifoqning parchalanishiga olib keladigan voqealar yuz berishi yoki Rossiya Boltiqbo‘yiga, Markaziy Osiyoga yoki Kavkazga ko‘z tikishi mumkin. Rossiyaning maqsadi avvalgidek Ittifoqni tiklash emas, balki sobiq sovet hududidagi respublikalarni o‘ziga bir subyekt sifatida, avtonom hudud sifatida qo‘shib olish. Men shu nuqtayi nazardan aytmoqchimanki, bugun G‘arb mamlakatlari hamda ayrim Sharq davlatlari ham yashirincha G‘arb koalitsiyasini qo‘llab-quvvatlayotgani, Ukrainaga yordam berishga oshiqayotganining sabablari ham shu — yaqinlashib kelayotgan xatarning oldini olish.

    Dunyo keskin o‘zgarishlar davriga kirdi. Hudud talashish, yer-suv talashish, resurslarga egalik qilish istagi har qachongidan keskinlashib, shiddatlashib bormoqda. Shu maʼnoda agar Markaziy Osiyo iqtisodiy va harbiy jihatdan kuchli bo‘lolmasa, bu yerga zo‘ravonlar burun suqib ko‘rish ehtimoli saqlanib qolaveradi. Buning chorasi — qo‘shni respublikalarning, turkiy davlatlarning birlashuvi, integratsiyasi, iqtisodiy va ayniqsa harbiy jihatdan yuksalishi. Ekspertlardan biri taʼkidlaganidek, shunday armiyaga ega bo‘lish kerakki, uning vazifasi urushda yengish emas, urushning oldini olishdan iborat bo‘lsin, yaʼni g‘anim ko‘z olaytirishdan oldin qanday qarshilikka duch kelishini his qilsin. Qo‘rqibroq tursa, yanayam yaxshi.

    19.01.2024, 20:20   Izoh (0)   25267
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Men prezident bo‘lganimda, Putin hech qachon Ukrainaga hujum qilmagan bo‘lardi” — Donald Tramp 

    19.01.2024, 19:08

    Rossiyada “Vatandosh” o‘zbek jamiyati rahbariga qarshi jinoiy ish ochildi

    19.01.2024, 18:36

    Husiylar AQSH va Britaniya bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘qnashuvga tayyorligini e’lon qildi

    19.01.2024, 18:09

    “Armanistonga yangi konstitutsiya kerak” — Pashinyan

    19.01.2024, 17:50

    Dominikan Respublikasida to‘rt kunlik ish haftasi joriy etiladi

    19.01.2024, 17:39

    Germaniya mudofaa vaziri: “Rossiya 5-8 yil ichida NATO davlatiga hujum qilishi mumkin”

    19.01.2024, 16:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Gollivud afsonalarining shuhrat qozonish imkoniyatini boy bergan farzandlari

    Layfstayl | 18 iyul, 21:20

    “Qilmishimdan pushaymonman”. Toshkentda Spark haydovchisi 5 kg narkotik bilan qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 21:10

    Germaniyadan turli jinoyatlar uchun hukm qilingan yuzga yaqin afg‘onistonlik vataniga qaytarildi

    Dunyo | 18 iyul, 21:00

    Amerika kruiz laynerining 134 nafar yo‘lovchisida g‘alati virus aniqlandi

    Dunyo | 18 iyul, 20:45

    “Manchester Yunayted” “Brentford” bilan Brayan Mbeumoning transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi

    Sport | 18 iyul, 20:31

    Qozog‘istonda xotinini 10 yil davomida urib kelgan sobiq diplomat 6 yilga qamaldi

    Dunyo | 18 iyul, 20:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.