Dominikan Respublikasi to‘rt kunlik ish haftasini joriy etish bo‘yicha tajriba o‘tkazadi. U 1-fevraldan boshlanadi, deyiladi Prezident administratsiyasi saytida.
Ish haftasi 44 soatdan 36 soatga qisqartiriladi. Tajriba rejimida yo‘lga qo‘yiladigan loyihada bunday qaror xodimlar va ish beruvchilar uchun qanchalik foydali bo‘lishi sinovdan o‘tkaziladi.
Loyiha olti oy davom etadi. Qisqartirilgan ish haftasi uch oy davom etadi, qolgan vaqtda mutaxassislar ma’lumotlarni to‘playdi va tahlil qiladi. Ish vaqtining qisqarishiga qaramay, xodimlarning ish haqi kamaytirilmaydi.
Xuddi shunday tajriba Ispaniyaning Valensiya shahrida ham o‘tkazilishi avvalroq xabar qilingandi. Bu yerda dushanba kunlari dam olish kuni deb e’lon qilinadi.
Izoh (0)