G‘arb raketalari yordamida Rossiyaning uchirish moslamalarini yo‘q qilishga urinishlar bunday davlatga qarshi yadro qurolini qo‘llashga asos bo‘ladi. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev ma’lum qildi.
Medvedevga ko‘ra, G‘arbning uzoq masofaga uchuvchi raketalari yordamida Rossiyaning uchirish moslamalariga zarba berishni “yaxshi metod” deb o‘ylashadi.
“Bu nimani anglatadi? Ha, faqat bitta narsani — ular Rossiyaning yadroviy to‘xtatib turish sohasidagi davlat siyosati asoslarining 19-bandiga qarshi borishlari mumkin: g) oddiy qurollardan foydalangan holda Rossiya Federatsiyasiga tajovuz qilish, bunda davlatning mavjudligi tahdid ostida bo‘ladi. Bu hech qanday o‘z-o‘zini himoya qilish huquqi emas, balki shunday davlatga qarshi yadro qurolidan foydalanishimiz uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri va aniq asosdir. Gitler, Mussolini, Petenning barcha merosxo‘rlari va Kiyevdagi ‘natsistlar’ni qo‘llab-quvvatlayotgan bugungi Yevropadagi boshqalar buni yodda tutishlari kerak”, — deya qo‘shimcha qildi Medvedev.
Shuningdek, u Rossiya hozircha Ukrainaga qarshi barcha turdagi qurollardan foydalanganini ma’lum qildi.
“Har xil tarkibga ega bo‘lgan turli raketa tashuvchilar ishlatilgan, hozircha yadroviylardan tashqari”, — degan u.
Rossiya to‘rtta vaziyatda yadro qurolidan foydalanishi mumkin
Bu Rossiya harbiy doktrinasida ochiq-oydin ko‘rsatilgan. Jumladan, 19-bandda, yadroviy quroldan foydalanish mumkin bo‘lgan to‘rtta vaziyat: yadroviy raketalarni uchirish, yadro qurolidan foydalanish, yadro qurolini nazorat qiluvchi muhim infratuzilma yoki davlatning mavjudligiga tahdid soladigan boshqa harakatlar shular jumlasidandir.
Izoh (0)