Turkmaniston Ozarbayjonga gaz eksportini to‘xtatdi. Tomonlar yetkazib berish shartlari bo‘yicha kelisha olmadi. Bu haqda Trend.az xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hozirda Ashxobod va Boku o‘rtasida muzokaralar olib borilmoqda va eksport to‘xtatilgani sababli tomonlar muammoni hal qilgandan keyin yetkazib berish davom etadi. Eron ham yetkazib berishni qayta tiklashdan manfaatdor, chunki uning yordami bilan mamlakat Turkmaniston bilan chegaradosh shimoliy hududlarini gaz bilan ta’minlaydi. Bu, ayniqsa, qishda muhim ahamiyatga ega.
Ozarbayjon turkman gazini 2022-yil yanvaridan boshlab import qiladi. 2022-yilda Turkmaniston Ozarbayjonga 0,9 milliard kub metr, 2023-yilda esa 2,6 milliard kubometr gaz yetkazib bergan.
“Ozarbayjon 2024-yilda Turkmanistondan uch milliard kub metrgacha gaz sotib olishni rejalashtirgan edi, biroq tijorat shartlari va aniq kunlik hajmlar hali kelishib olinmagan. Maslahatlashuvlar Yangi yil bayramlaridan keyin ham davom etdi”, — deydi Ozarbayjon hukumatidagi manba.
Izoh (0)