Yaponiyadagi zilzila oqibatida 110 kishi halok bo‘lgani tasdiqlandi. Bu haqda mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga tayanib, NHK xabar berdi. Tabiiy ofatdan 516 kishi jarohatlangan. Avvalroq 94 kishi halok bo‘lgani ma’lum edi. 222 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.
Yaponiya o‘zini o‘zi mudofaa kuchlari ishtirokida qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Jabrlangan hududda elektr va suv ta’minotidagi uzilishlar hali tiklanmagan, yoqilg‘i taqchilligi yuzaga kelgan.
Yaponiyada 1-yanvardan buyon yuzlab zilzilalar sodir bo‘ldi. Ulardan eng kuchlisi 7,6 magnitudani tashkil etdi. 2024-yilning birinchi kunida g‘arbiy qirg‘oqda sunami xavfi e’lon qilindi va u 24 soat davomida o‘z kuchida qoldi. Yerosti silkinishlari taxminan bir hafta davom etishi kutilmoqda.
Izoh (0)