BAAning Dubay shahrida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tmoqda.
Konkur yo‘nalishi bo‘yicha CSI2 tasnifidagi xalqaro musobaqada ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi aʼzolari sovrindorlar qatoridan joy oldi.
125 sm balandliklardan sakrash dasturida Bahromjon Gaziyev (“Lady” laqabli otda) eng yaxshi natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, to‘siq balandligi 140 smni tashkil etgan dasturda Abdurahmon Abdullayev “Otto van de Acherhoek” laqabli tulpori bilan kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Izoh (0)