Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 21-dekabrda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 18,27 so‘mga ko‘tarilib, 12 389,97 so‘m bo‘ldi. Yevro 48,49 so‘mga oshib, 13 585,60 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,35 so‘mga pastlab, 137,01 so‘mni tashkil qildi.
Bundan avval dollar kursi ikki kunlik ko‘tarilishdan so‘ng pastlab, 12 371,70 so‘m bo‘lgandi. Yevro va rubl kursi oshgandi.
Izoh (0)