Daryo

O‘zbekistonda noyabr oyida aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi 12,7 foizni tashkil etdi

Hududlar kesimida inflyatsiyaning eng yuqori darajasi Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida qayd etildi

1 daqiqa o‘qish8 089 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston Markaziy banki noyabr oyi uchun aholi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi 12,7 foizni tashkil etgan. Hududlar kesimida inflyatsiyaning eng yuqori darajasi Toshkent shahri — 15 foiz va Sirdaryo viloyatida — 13,5 foiz, eng past darajasi Navoiy viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 10,7 foiz sezilgan. 

Noyabrda aholi eng ko‘p benzin va yonilg‘i, go‘sht hamda sut narxi oshganini sezgan. Narxlar o‘sishi maishiy xizmatlar, aloqa va internet, taʼmirlash xizmatlarida eng kam sezilgan.

Sohalar kesimida aholi tomonidan eng yuqori sezilgan inflyatsiya darajasi pensionerlar (14,8 foiz) va ilm-fan/ta’lim (13,5 foiz) sohalarida, eng past sezilgan inflyatsiya tashish xizmatlari (10 foiz) sohasida qayd etilgan.

O‘zbekistonda 2023-yilning oktyabr oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 1 foizga oshgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Markaziy bank 2023-yil yakuni bo‘yicha inflyatsiya darajasi 8,5–9,5 foiz atrofida bo‘lishini prognoz qilgandi. 2022-yilda yillik inflyatsiya 12,3 foizni tashkil etgan. 2021-yilda bu ko‘rsatkich 9,98 foiz, 2020-yilda 11,1 foiz, 2019-yilda 15,2 foiz, 2018-yilda 14,3 foiz, 2017-yilda 14,4 foiz bo‘lgan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar