Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida 1,8 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishda aniqlangan. Pastdarg‘om tumanida faoliyat yurituvchi “X.I.” fermer xo‘jaligi rahbari E.T. “Xoncharbog‘” mahallasidagi nasos stansiyasining elektr hisoblagichi sxemasini buzib, jami 2 million kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1,8 milliard so‘m zarar yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)