Sirdaryoda ikkita gaz quyish shoxobchasi elektr energiyadan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Sirdaryo hududiy filiali hamda huquq tartibot idoralari xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan reyd tadbirlarida Sardoba tumanidagi “SS” MCHJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasi elektr energiyasidan noqonuniy foydalanayotgani aniqlandi.
Shuningdek, tumandagi yana bir — “GMS” MCHJ qarashli AGTKSH nazoratdan o‘tkazilganda tarmoqqa noqonuniy ulanib, elektr energiyasi isteʼmol qilayotgani aniqlangan. Mutaxassislarning qayta hisob-kitoblariga ko‘ra, ushbu isteʼmolchilar tomonidan davlatga 6 milliard 669 million so‘mlik zarar yetkazilgan.
Mazkur har ikkala holat bo‘yicha dalolatnomalar rasmiylashtirilib, tegishli chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Izoh (0)