• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Ota-onasi aktrisa bo‘lishini istamagan, birovning oilasini buzganlikda ayblangan va diplomli psixolog — Muqaddas Sa’dullayeva 33 yoshda (foto, video)

    Aktrisa Muqaddas Saʼdullayevaning sanʼatkor bo‘lishi hech kimni ajablantirmagan. Chunki u sanʼatkorlar oilasida tug‘ilgan va bolaligi tasvirga olish maydonchalarida o‘tgan. Ammo negadir ota-onasi kenja qizining aktrisa bo‘lishini istamagan. Aktrisa ayni kunda jo‘shqin ijod bilan band emas, u asosiy eʼtiborini oilasiga bag‘ishlagan.

    “Tortinchoq qizaloq bo‘lganman”

    Aktrisa Muqaddas Saʼdullayeva ham ilk rolini bolalik chog‘ida o‘ynagan.U aktyor va rejissor Mashrab Kimsanov tomonidan suratga olingan “Besh qismat” filmida onasi Gulchehra Saʼdullayevaning kenja qizi rolini ijro etgan. Ammo tomshabinlar retro filmni ko‘rib, bu bolakay Muqaddas Saʼdullayeva ekaniga ishonmasa kerak.

    Foto: Instagram / @muqaddas_sadullaeva

    — Sanʼatga bolalikdan qiziqqanman. Kinolarga takliflar bo‘lardi, ammo rad javobini berardim. Balki bu feʼl-atvorimdagi tortinchoqlik bilan bog‘liqdir. Psixologiyaga ham qiziqishim yuqori bo‘lgan. Odamlarni kuzatishni, o‘rganishni yaxshi ko‘rardim. Oilada uch farzandmiz: opam, akam va men. Men ota-onamning yoshlari ulg‘aygan paytda dunyoga kelganim uchun eng erkatoyi edim. Ayniqsa dadam rahmatli yer-u, ko‘kka ishonmasdi. Bir kuni Instagram orqali bir ayol “Bolaligingizda qattiq kasal bo‘lgansiz. Dadangiz qo‘lida ko‘tarib olib kelgan. Men singlim bilan birga kasalxonada davolanayotgandim. Shifokorlar sizni olib kirib ketishganidan keyin dadangiz yo‘lakda yig‘layotganini ko‘rganman”, deb yozib qoldi. Haqiqatan ham dadam rahmatli nihoyatda mehribon ota edi. Bolaligim bilan bog‘liq shirin xotiralarim ko‘p, hech kimdan kam bo‘lmay ulg‘ayganmiz, — deydi Muqaddas Saʼdullayeva.

    “Ota-onam san’atkor bo‘lishimni istamagandi”

    Aktrisa ilk gonorari bilan bog‘liq savolga quyidagicha javob bergan.

    Foto: Instagram / @muqaddas_sadullaeva

    — Ilk gonorarimni 15-16 yoshimda qozog‘istonlik ijodkorlarning klipida suratga tushib, olgandim. O‘shanda bergan pullarining bir tiyiniga ham xiyonat qilmay, onamga olib borganman. Onam rosa xursand bo‘lgandi. Undan keyin G‘ayrat Usmonovning “Yor-yor” klipida suratga tushdim. Klip tanilishimga katta hissa qo‘shdi. 2012-yil “Salom sevgi, xayr sevgi” filmiga taklif etishdi. Ko‘pchilik sanʼatga bo‘lgan qiziqishim so‘nishini kutgandi. Chunki psixologiya yo‘nalishini ham jondan ortiq yaxshi ko‘rardim. Ammo rollarga kirishib, filmlarim muvaffaqiyatli chiqqanidan keyin asosiy eʼtibor sanʼatga qaratildi. Eng muhimi, bundan ota-onam ham xursand bo‘ldi.

    Foto: Instagram / @muqaddas_sadullaeva

    San’atkor bo‘lishni xohlardim-u, lekin ota-onam ruxsat berishmagandi. “Men ham kinoda rol o‘ynasam qaniydi”, deya orzu qilardim. Suratga olish maydonchasiga kelganimda aktyor-aktrisalarni kuzatib, rosa havas qilganman, — deydi aktrisa Muqaddas Saʼdullayeva.

    “Homiladorligimga qaramay oilamni saqlab qolishga harakat qilganman”

    Aktrisa faoliyati davomida ko‘plab filmlarda suratga tushgan. Ammo odamlarga uning ijodidan ko‘ra shaxsiy hayoti ko‘proq qiziq. Taqdir sabab, u uch marta oila qurdi. Xayriyatki, uchinchi turmushi unga baxt olib keldi.

    Foto: “Yoshlar.com”

    Aktrisa 2014-yil 5-noyabrida aktyor Sanjar G‘aniyevga turmushga chiqqandi. To‘y marosimi katta shov-shuvlar bilan o‘tgan. Ammo oradan ko‘p vaqt o‘tmay aktrisa ota uyiga qaytib kelgan.

    — Bu haqida gapirishni istamayman-u, ammo o‘sha vaqtda menga juda qiyin bo‘lgan. Homilador holimga qaramay oilamni saqlab qolishga harakat qilganman. Afsuski, mendan keyin ikkita qizni ham xuddi shunday taqdir qarshiladi, — deydi aktrisa.

    “Siz Saʼdiyaga noloyiqsiz”

    Foto: Instagram / @muqaddas_sadullaeva

    Aktrisa 2015-yilning sentyabr oyida farzandli bo‘ldi. Ammo qizaloqning tug‘ilishi ham oilani saqlab qololmadi. Hatto, er-xotin bir-biriga bo‘lgan keskin munosabatini omma oldida ham oshkor qildi. Masalan, Sanjar G‘aniyev ijtimoiy tarmoqqa Saʼdiya bilan birga tushgan suratini joylagan. Ko‘pchilik oilaga baxt tilagan, ayrimlar esa ular nega birga yashamayotganiga qiziqqan. Shunda Sanjar G‘aniyev ham suhbatga qo‘shilib “Qizini ko‘rdi degani — oilasiga qaytdi degani emas. Oila yo‘q”, deya izoh qoldirgan. Bu gapdan Muqaddas Saʼdulayeva qattiq ranjigan. “Yashamaslikka yetarli sabab ham yo‘q. Erkak kishida masʼuliyat bo‘lishi kerak. Odam farzandining taqdiriga bir o‘zi kurashgani bir tiyin. Bolam uchun shuncha kurashib adashibman. Siz Saʼdiyaga noloyiqsiz”, deb gap-so‘zlarga nuqta qo‘ygan.

    “Kimningdir oilasini buzishdan qo‘rqqanman”

    Keyinchalik aktrisa intervyularining birida ota-onasidek baxt nasib etishini orzu qilgani, ammo u farzandini yolg‘iz tarbiyalashga majbur bo‘lgani haqida aytib o‘tgan.

    Foto: Instagram / @muqaddas_sadullaeva

    — Bu yog‘iga yolg‘iz o‘tsam kerak, deb o‘ylagandim. Qizimga qarashga enaga yollab, ishlashga majbur bo‘ldim. Har doim kimningdir oilasini buzishdan qo‘rqqanman. Qarindoshlarimiz yoki hamkasblarimiz hol-ahvol so‘rasa ham qo‘rqib turardim. Chunki tushunmovchilik sabab odamlar orasida noto‘g‘ri gap-so‘z tarqalishini va bir oilaning tinchini buzishni istamasdim. O‘sha vaqtda uylanmagan yigitlar ham oila qurishni taklif qilgan. Ammo u ularning ota-onasining qarg‘ishiga qolishni istamaganman. Shu bois, endi oila qurmasam kerak, deb o‘ylardim, — deydi aktrisa Muqaddas Saʼdullayeva.

    Yigitali Mamajonov bilan qanday tanishgan?

    Aktrisa Muqaddas Saʼdullayeva turmush o‘rtog‘i aktyor Yigitali Mamajonov bilan 2018-yilda tanishgan. Ularning uchrashuviga “O‘zimizning yigitlar” nomli shou dasturi sabab bo‘lgan. Aktrisa o‘g‘li Abubakrga homilador bo‘lguniga qadar aktyor bilan oila qurganini yashirgandi.

    Foto: Instagram / @muqaddas_sadullaeva

    — Ayolim bilan ko‘rsatuv syomkasida tanishganmiz. U paytda menga ham, unga ham qiyin vaziyat edi. Oilaviy ajrimdan keyingi ruhiy muammolarni yengish uchun vaqt va ruhiy madad kerak. Biz avvaliga bir-birimizga ruhiy ko‘mak berish uchun gaplashganmiz. Keyinchalik munosabatlarimiz jiddiylashgan. Uning sabrli ekanini va aytgan gapimni qonundek qabul qilishini sezganman. Avvaliga oila qurganimizni odamlardan yashirganmiz, ammo o‘g‘lim tug‘ilish arafasida hammasi oshkor bo‘lgan, — deydi Yigitali Mamajonov.

    “Turmush qurganimizni sir tutganmiz”

    Ijodkorlar oila qurishganini bir yilga yaqin ommadan yashirib yurgan. Hatto, bu haqida yaqin do‘stlari ham bilmagan.

    Foto: Instagram / @muqaddas_sadullaeva

    — Turmush o‘rtog‘im ham mengacha ikki marta oila qurgandi. “Men avvalgi oilalarimni ommadan yashirmagandim. Menimcha ko‘z tegdi. Shu bois siz bilan bo‘lgan nikohimizni hozircha hech kimga aytmaymiz”, degan. Uning gapini qonun deb bilganim uchun oila qurganimizni eng yaqin dugonam Shahzoda Muhammedovaga ham aytmaganman. Homilador bo‘lmasimdan avval birga restoranlarga borardik. Ammo homiladorligim sezila boshlagach, hatto birga ko‘chaga ham chiqmaganmiz. Baʼzan bu holat qachongacha davom etarkin, deb ko‘p o‘ylardim. Tug‘ruq kunim kelganida birgalikda tug‘ruqxonaga borganmiz. Ikkimizni birga ko‘rib, ko‘pchilik hayron qolgan. O‘g‘lim Abubakr dunyoga kelganidan keyin menga ajoyib syurpriz tayyorlagan. Yaʼni oila qurib, farzandli bo‘lganimizni ommaga oshkor etgan. Yig‘lab yuborganman, — deydi aktrisa Muqaddas Saʼdullayeva.

    “Turmush o‘rtog‘im shart qo‘ydi”

    Aktrisani ko‘pchilik oila buzg‘unchiligida ayblagan, hatto uni xonanda Rayhon bilan urishtirish uchun ig‘volar ham qilishgan.

    Foto: Instagram / @muqaddas_sadullaeva

    — Rayhonning ijodiga avvaldan befarq emasman. Ammo ularning ajrashganini men ham OAV orqali bilganman. Undan keyin turmush o‘rtog‘im boshqa qiz bilan oila qurgan. Men bir muxlis sifatida oilaning saqlanib qolishini istardim, ammo peshona ekan. Hech kim ajrashish niyatida uylanmaydi. Ayollarda ham bunday niyat bo‘lmaydi. Turmush o‘rtog‘im oila qurishimizdan avval shart qo‘ydi. “Boshqa aktyorlar bilan partnyor sifatida suratga tushmaysiz. Yoki men bilan yoki yolg‘iz o‘zingiz rol ijro etasiz”, dedi. Bu inson oilani qadrlaydi, erkaklik burchini ham bajaradi.

    Foto: Instagram / @muqaddas_sadullaeva

    Bir yili juda xunuk holat bo‘lgan. Montajda meni nomimdan Rayhonning shaʼnini yerga uradigan so‘zlar yozishgan. Eng yomoni montajda rasm tepasiga Instagram profilimni joylab qo‘yishgan. Uni Rayhonga jo‘natishgan, mendan ranjib, u ham Instagramga joyladi. Ammo bu ish ig‘vodan boshqa narsa emasdi. Xayriyatki ko‘p o‘tmay uni men yozmaganim oshkor bo‘ldi. Xonandaga nisbatan hech qanday yomonligim yo‘q, uni hamisha hurmat qilaman, — deydi aktrisa Muqaddas Saʼdullayeva.

    “Erkakning shaxsiy hududini buzmang”

    Ijodkorlar oilasi ketma-ket o‘g‘il va qiz farzandli bo‘lishdi. Aktrisa bir necha yildan buyon deyarli ijod qilmaydi. Faqatgina turmush o‘rtog‘i bilan partnyor sifatida suratga tushadi, xolos. 2022-yili esa Muqaddas va Yigitalning munosabatlariga darz ketgani va ular alohida yashayotgani maʼlum bo‘ldi. Aktrisa turmush o‘rtog‘ining xonadonidan ketgani va farzandlarini yolg‘iz tarbiyalayotgani haqida bir necha videolar joyladi. Yigitali Mamajonov keyinchalik buning sabablarini va Aysanemxon Yusupova bilan munosabatlari haqida gapirdi.

    Foto: Instagram / @muqaddas_sadullaeva

    — Har bir aktyorning o‘ziga yarasha metodikasi bor. U o‘zi uchun muayyan holatga kirish uchun yo‘nalish tanlab oladi. Aysanemxon bilan kliplar, seriallar orqali tanishmiz. Lekin yaqinmasmiz. U qiz bilan sevishib, muhabbatni boshdan kechirmadik. Mening filmdagi obrazim Rustam Aysanemxonning obrazini sevadi. Men filmda Rustamga aylandim. Syomka tugaganidan keyin holatdan chiqdim. Har bir erkakning o‘z dididagi ayoli bo‘ladi. Aysanemxon mening didimdagi qiz emas. Ayolim juda qattiq rashk qiladi. To‘g‘ri, sevgani uchun rashk qiladi, lekin bu mening ishim, erkak kishimiz biz, tirikchilik sababi kino. Ishimni yaxshi ko‘raman, shuning uchun ayollardan iltimos, erkak kishining shaxsiy hududini buzmang.

    Foto: Instagram / @muqaddas_sadullaeva

     Oilamiz kuchli rashk sabab ajrim yoqasiga keldi. Telbalarcha bir insonni sevish — psixologik yaxshi narsa emas. Buning oqibatida fojialar yuz berishi mumkin. Eng yengili oila buzilishiga, keyinroq esa o‘limgacha olib keladi. Ayol kishi o‘zi bilib-bilmay, ko‘nglingizni og‘ritadigan, nafsoniyatingizga tegadigan narsalar gapirib qo‘yadiki, shunaqa paytda “Shuncha umrimni, vaqtim, energiyamni shu ayolga sarflab kelayotganim qanchalik to‘g‘ri ekan? Bundan keyin hayotimni baxshida qilib, bu inson bilan yashash to‘g‘rimikan, arzimaydi-ku bu inson?” deb o‘ylab qolasiz. Bu fikr sekin-asta kuchayaveradi, kuchayganidan keyin yana gapirib qo‘yadi. Aynan mana shunday vaziyat 7 oy avval bizning oilamizda ham bo‘lgan. Rashk, qattiq yaxshi ko‘rish shaxsan menga kerak emas. Jinnilarcha yaxshi ko‘radigan insonga siz bo‘yin egib yashashingiz kerak, men bunday sevgiga tayyor emasman. Bu narsa meni bezillatadi. Bu dunyoda hech bir jonzot haqiqiy, tubsiz, beg‘araz sevgiga arzimaydi. Bunday sevgiga faqat Alloh munosib. Meni bunday sevishlari kerak emas. Ayol kishi erini hurmat qilishi kerak, — deydi Yigitali Mamajonov.

    Foto: Instagram / @muqaddas_sadullaeva

    Muqaddas Saʼdullayeva Instagram’da juda faol. Uni ijtimoiy tarmoqda 3,8 million kishi kuzatadi. U sahifasiga asosan oilaviy mavzudagi kontentlarni joylaydi.

    11.12.2023, 16:30   Izoh (0)   103370
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Qora bozor” sabab qochoqqa aylangan, Ozoda Nursaidova bilan arazlashgan va o‘ldiga chiqarilgan Halima Ibragimova 44 yoshda (foto, video)

    28.10.2023, 19:23

    20 yillik turmushidan ajrashgan, rus qizini kelin qilgan va 8 tilda qo‘shiq kuylagan Nasiba Abdullayeva 62 yoshda (foto, video)

    16.11.2023, 11:28

    Yetimlikda ulg‘aygan, 19 yoshli akasi komadan uyg‘onmagan, mudhish avariya sabab 8 yil mashina boshqarolmagan Malika Ravshanova 40 yoshda (foto, video)

    09.12.2023, 15:50

    Instagram: Azoda turmushga chiqdi, Mavluda Asalxo‘jayeva nevarali bo‘ldi, Dilfuza Ismoilova san’atkor dugonasiga qimmatbaho avtomobil sovg‘a qildi

    10.12.2023, 22:40

    Instagram: Gulasal Abdullayeva onasiga Captiva sovg‘a qildi, So‘g‘diyona Azimova Makkaga kelin bo‘ldi, Aysanemxon Yusupova yangi mashinali bo‘ldi

    07.12.2023, 22:15

    “Kim kimga mos ekanligini o‘zimiz bilamiz”. Bobur Mansurovning rafiqasi aktyor bilan qanday tanishgani haqida so‘zlab berdi

    06.12.2023, 14:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Braziliyalik olim birinchi marta Lyudvig van Betxovenning tashqi ko‘rinishini tikladi

    Layfstayl | 30 may, 13:11

    Kim Chen In artilleriya mashqlarida qatnashdi (foto)

    Dunyo | 30 may, 12:55

    O‘zbekiston terma jamoasi Braziliyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi mumkinmi?

    Sport | 30 may, 12:45

    Onkolog saraton xavfini ikki baravar oshiradigan mahsulotlarni sanab o‘tdi

    Layfstayl | 30 may, 12:40

    “Xavotirlanishga asos yo‘q” — Nurmat Otabekov O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat haqida

    O‘zbekiston | 30 may, 12:29

    AQSH fuqarosini qiynoqqa solgani uchun Suriya 20 mln dollar jarimaga tortildi

    Dunyo | 30 may, 12:14

    Paket bilan bo‘g‘ishgan, kuydirish bilan qo‘rqitishgan: Toshkentda fuqarolar bo‘yniga jinoyat ilmoqchi bo‘lgan IIO xodimlari jazolandi

    O‘zbekiston | 30 may, 12:06
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.