Toshkent viloyatida “Sehrli qo‘llar” nomli hujjatli film suratga olinadi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, buning uchun 191 million yuz ming so‘m miqdorda mablag‘ ajratildi. Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev tegishli farmoyishni imzoladi. Surʼatga olinishi rejalashtirilgan mazkur hujjatli filmda viloyatdagi tibbiyot xodimlarining mashaqqatli va sharafli faoliyati tasvirlanadi.
Viloyat davlat moliyaviy nazorati boshqarmasi ajratilgan mablag‘dan maqsadli foydalanishi ustidan nazorat o‘rnatadi. Viloyat g‘aznachilik xizmati boshqarmasi ajratilgan mablag‘bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirilishini taʼminlaydi.
Izoh (0)