28-noyabr, seshanba kuni Shimoliy Koreya OAVlari mahalliy (viloyat, tuman, shahar va tuman) xalq yig‘inlari deputatlari saylovi yakunlari bo‘yicha Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlarini tarqatdi.
Unga ko‘ra, saylovchilarning 99,87 foizi deputatlikka nomzodlar uchun ovoz bergan (KXDRda saylov muqobil emas; saylov byulletenida faqat bitta nomzod ko‘rsatilgan). Qarshi ovozlar esa - 0,13% ni tashkil qildi.
Shunday qilib, 1960-yillardan beri birinchi marta saylovchilarning bir qismi, juda kam sonli bo‘lsa-da, hokimiyat tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlarga qarshi ovoz berdi.
Mutaxassislar bu holatni dunyodagi, ehtimol, eng yopiq davlat hokimiyati mamlakatda “haqiqiy demokratiya” mavjudligini namoyish qilishga urinish sifatida baholashmoqda.
Shu paytgacha Shimoliy Koreya mahalliy saylovlarda nomzodlarni 100 foiz saylovchilar qo‘llab-quvvatlagani haqida xabar bergan dunyodagi yagona davlat bo‘lib qolayotgandi.
Izoh (0)