BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning aytishicha, G‘azo sektorida Falastin-Isroil mojarosi avj olganidan beri tashkilotining 111 nafar xodimi halok bo‘lgan. Bu haqda BMT saytida ma’lum qilingan.
![](/static/2023/gutterish5.jpg)
“Alam va qayg‘u bilan xabar beramanki, jangovar harakatlar boshlanganidan beri G‘azoda BMT oilamizning 111 a’zosi halok bo‘ldi. Bu tashkilotimiz tarixidagi eng katta yo‘qotish”, — dedi u Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida.
“Tinch aholi, shu jumladan, BMT xodimlari ham himoya qilinishi kerak. Fuqarolik obyektlari himoya qilinishi kerak. BMT obyektlariga hujumlar amalga oshirilmasligi kerak”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Izoh (0)