Ukrainadagi urushni qoralagan rossiyalik shoumen Maksim Galkinning Rossiyaga kirishi taqiqlanishi mumkin. Bu haqda UNIAN xabar berdi.
Maksim Galkin Rossiyada “xorijiy agent” sifatida tan olingan, chunki u urushni qoralashdan tashqari, xotini va bolalari bilan Isroilga ham ketgan. Rossiya federal xavfsizlik loyihasi rahbari Vitaliy Borodin internetga sizdirgan hujjatda Galkin, Andrey Makaryevich va boshqa “xorijiy agentlar” abadiy chet elda qolishi mumkinligi keltirilgan.
“Reyestrga kiritilgan, chet davlat hududida yashovchi RF fuqarosi Rossiyaning konstitutsiyaviy tuzumi va xavfsizligi asoslariga qarshi gapirgan holda, Rossiya hududiga kirishi, yashash va har qanday faoliyatni amalga oshirishi taqiqlanadi”, — deyiladi hujjatda.
Biroq bu hujjatda Ukrainadagi urush boshida eri bilan Isroilga ketgan Alla Pugachyovaning ismi ko‘rsatilmagan. Ma’lumki, u Rossiyaga bir necha bor tashrif buyurgan, ammo darhol qaytib ketgan.
Maksim Galkinning urush bo‘yicha pozitsiyasi
Rossiya hujumining dastlabki kunlarida Galkin Kremlning siyosatini qoralab, xorijga ketdi. U konsertlarda qatnashib, pulning bir qismini ukrainalik qochqinlarga xayriya qildi. Galkin Rossiya hukumati almashmaguncha mamlakatga qaytmasligini bildirdi. Galkin uzoq vaqt Isroilda yashaydi, biroq HAMAS hujumidan keyin u Kiprga ketgan.
Izoh (0)