O‘zbekistonda 23-noyabr, soat 14:36 da 3,9 magnitudali zilzila qayd etildi, deb xabar bermoqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi.
Ma’lum qilinishicha, episentri Surxondaryo viloyati, Qumqo'rg'on tumani bo‘lgan yer silkishini kuchi quyidagicha sezildi:
- Qumqo‘rg‘on tumanida —3 ball,
- Sho‘rchi tumanida —2-3 ball,
- Bandixon, Jarqo‘rg‘on, Qiziriq tumanida — 2 ball.
Shu kuni soat 04:28 da ham Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida 3,4 magnitudali zilzila qayd etilgandi.
Izoh (0)