Daryo

Ozarbayjon prezidenti Toshkentga keldi (video)

Mehmonni Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi

1 daqiqa o‘qish13 084 ko‘rishlar0 izoh0

Ilhom Aliyev Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining o‘n oltinchi sammitida ishtirok etish uchun 8-noyabr kuni mamlakatga keldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Foto: Telegram / Bosh vazir matbuot kotibi

Qayd etilishicha, Toshkent xalqaro aeroportida mehmonni O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi. Shundan so‘ng oliy martabali mehmon o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga jo‘nab ketdi.

Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tadigan IHT sammitida ishtirok etish uchun bunga qadar Qozog‘iston bosh vaziri Alixan Smailov, Pokiston bosh vaziri Anvar ul-Haq Kakar, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘on poytaxtga yetib kelgani xabar qilingan edi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar