Samarqand shahrida maktab devori qulab, o‘quvchini bosib qolgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi axborot xizmati holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Holat boshqarma masʼullaridan iborat ishchi guruh tomonidan o‘rganildi. Qayd etilishicha, Samarqand shahridagi 5-umumtaʼlim maktabi Open budget tanlovida g‘olib bo‘lib, 1 milliard 200 million so‘m mablag‘ yutib olgan.
O‘rganishlar davomida maktab hududida qurilish ishlarini boshlagan “Quruvchi” tomonidan xavfsizlik choralari ko‘rilmagani aniqlandi va viloyat Qurilish boshqarmasiga holat yuzasidan xat chiqarildi.
Shuningdek, “Quruvchi”dan o‘z vaqtida xavfsizlik choralarini ko‘rishni talab qilmagani uchun maktab direktoriga salomatligi tiklash taʼtilidan ishga qaytgandan so‘ng (ayni paytda salomatligini tiklash taʼtilida) qonun doirasida choralar ko‘riladi.
Izoh (0)