Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Josep Borrellning aytishicha, dunyo Falastin-Isroil mojarosini hal qilish uchun 20 yil davomida hech narsa qilmagan.
Tomonlarning hududiy manfaatlari bilan bog‘liq Falastin-Isroil mojarosi o‘n yillar davomida mintaqada keskinlik va janglar manbai bo‘lib kelgan. 1947-yilda BMT qaroriga ko‘ra ikki davlat - Isroil va Falastinning yaratilishi belgilab berildi, lekin faqat Isroil davlati yaratildi.
“Mening bilganim shuki, biz 20 yil davomida “ikki davlat, ikki davlat, ikki davlat” deb hayqirdik, lekin buni amalga oshirish uchun hech narsa qilmadik. Xalqaro hamjamiyat buning uchun ma’naviy va siyosiy jihatdan mas’ul”, - dedi u.
“Bu xalqaro hamjamiyatning irodasi bo‘lishi kerak. Ikki milliondan ortiq odamning ommaviy o‘z joyini tark etishi bilan muammoni hal qilib bo‘lmaydi”, - deb ta’kidladi Borrell.
Izoh (0)