Xitoy Xalq Respublikasining Shandun universiteti tadqiqotchilari Tayshan tog‘i ustidagi bulutlardan olingan 28 ta suv namunasini tahlil qildi.
Ular bulutlarning quyi qatlamlarida ko‘proq polimer bo‘laklari borligini, suv va yorug‘lik nurlanishi taʼsirida ularni dag‘al qilib qo‘yishini aniqladi. Natijada bunday mikroplastik yuzasiga ko‘p miqdorda simob va qo‘rg‘oshin cho‘kadi. Bulutlar zichligi oshadi va ob-havo sharoiti mos ravishda o‘zgaradi.
Biroq, bu xulosa bir qator aniqroq tadqiqotlar bilan tasdiqlanishi kerak.
Mikroplastik — polimer chiqindilarining 5 millimetrdan katta bo‘lmagan zarralaridir. Ularning manbasi sintetik kiyim, plastik idishlar, avtomobil shinalari bo‘lishi mumkin.
Bulutlardan olingan namunalarda topilgan materiallarga polietilen tereftalat, polipropilen, polietilen, polistirol va poliamid kiradi. Modellashtirish shuni ko‘rsatdiki, bu zarralarning barchasi Tayshan ustidagi bulutlarga yirik shaharlar va aglomeratsiyalar orqali kiradi.
Izoh (0)