Toshkent shahar Shayxontohur tumanida xitoylik erkakni rashk sabab o‘ldirgan talaba qizga hukm o‘qildi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.
Bosh prokuratura Toshkentda psixotrop modda taʼsirida bo‘lgan 24 yoshli qiz o‘zi bilan yashab kelgan Xitoyning 38 yoshli fuqarosini (erkak) rashq tufayli pichoq bilan tan jarohati yetkazib, qasddan o‘ldirgani haqida maʼlumot bergan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va gumonlanuvchi qiz prosetssual tartibda ushlangan.
13-noyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida sudlanuvchiga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Hukmga asosan, sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan aybdor deb topildi hamda shu moddaga asosan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Izoh (0)