Pokiston Afg‘oniston muvaqqat hukumatidan Qo‘shtepa kanali qurilishi to‘xtatishni so‘rab, bosim o‘tkazish uchun afg‘on muhojirlarini deportatsiya qildi. Bu haqda “Tolibon” Axborot va madaniyat vazirligi rasmiysi Abdulhaq Hammad xabar berdi.
“Tolibon” rasmiysiga ko‘ra, Pokiston hukumati rasmiy uchrashuvlarda Afg‘onistondan Qo‘shtepa kanalini yopishni bir necha bor so‘ragan. Hammad aynan qaysi pokistonlik amaldorlar tegishli taklifni berganini oshkor qilmadi.
“Bu kanal bizning zararimizga ishlaydi, deb javob berishgan”, — deydi Abdulhaq Hammad.
Shuningdek, “Tolibon” rasmiysi bu kanal Afg‘onistonning “o‘z-o‘zini ta’minlashiga yordam berishini, pokistonliklar esa “bundan keyin Afg‘oniston Pokistonga kerak bo‘lmaydi”, deb hisoblashini ta’kidladi.
Izoh (0)