AQSH prezidenti Jo Bayden Isroil-Falastin mojarosi davomida G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish imkoniyati yo‘qligini aytdi.
“Yo‘q. Hech qanday imkoniyat yo‘q”, — dedi u Oq uyda jurnalistlar savoliga javob berar ekan.
AQSH prezidenti Jo Bayden Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan 6-noyabr kuni o‘tkazgan muloqotida HAMAS tomonidan qo‘lga olingan asirlarni ozod etish uchun uni G‘azoda o‘t ochishni uch kunga to‘xtatib turishga chaqirgandi.
Netanxayu Baydenga bunday variantga qarshi ekanini, chunki HAMASga ishonmasligini va ular bitimning o‘ziga tegishli qismini bajarmasligini bildirgan.
Izoh (0)