O‘zbekiston Markaziy banki 2023-yilning 9 oyi uchun ipoteka kreditlari sharhini e’lon qildi.
Sharhda berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 1-oktyabr holatiga ko‘ra, uy-joy qiymatining daromadga nisbati Bishkekda 14,6, Toshkentda 12,5, Ostonada esa 8 ga teng bo‘lgan.
Ijara qiymatining uy-joy narxiga nisbati Toshkentda 11,4 foiz, Ostona va Bishkekda esa 9,1 foizni tashkil etgan.
2023-yil 1-oktyabr holatiga 1 kvadrat metr uy-joy narxlari Toshkentda (1013 dollar) mintaqadagi qo‘shni poytaxtlar Ostona (943 dollar) va Bishkek (902 dollar) shaharlaridan ko‘ra yuqori qiymatda shakllangan.
Shuningdek, 2023-yilning 9 oyi davomida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 18,4 foiz ko‘proq yoki 12,2 trln so‘mlik ipoteka kreditlari ajratilgani ma’lum qilindi.
Izoh (0)