Isroil harbiylari G‘azo sektoridagi masjidlardan biri hududida Falastinning HAMAS tashkiloti radikallari tomonidan foydalanilgan raketa otish moslamalari yo‘q qilinganini ma’lum qildi.
“Isroil mudofaa kuchlari bo‘linmalari G‘azo sektoridagi quruqlikdagi amaliyotlar chog‘ida HAMAS fuqarolik obyektlaridan foydalanganini aniqladi va dalillarni taqdim etdi. Terrorchilar infratuzilmasini qidirish va hududni tozalash ishlari 460-brigada askarlari tomonidan amalga oshirilgan. Harbiylar tomonidan masjidlardan birida topilgan raketalarni uchirish moslamasi yo‘q qilindi”, deyiladi armiya matbuot xizmati xabarida.
Bundan tashqari, G‘azo sektorining shimoliy qismidagi yoshlar tashkilotlaridan birining hududidan Isroilga qaratilgan yana 50 ta raketa topildi, deya qo‘shimcha qilinadi armiya xabarida.
Izoh (0)