Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston—Fransiya sammitida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga keldi.
Bugun mamlakatga rasmiy tashrif bilan Fransiya Respublikasi prezidenti Emmanuel Makron keladi. Oliy darajadagi muzokaralar Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi. Tomonlar mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqadilar.
Avvalroq O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Fransiya Respublikasi prezidenti Emmanuel Makron 1—2-noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatda bo‘lishi ma’lum qilingandi.
Izoh (0)