Daniyaning Syoborg shahrida joylashgan Terma harbiy obyektiga kirish eshigi oldida bir guruh insonlar namoyish uyushtirdi. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, aksiya tinch, tartib buzilmagan holda o‘tmoqda.
Namoyishchilar “Isroilga qurol sotishni darhol to‘xtating” shiori yozilgan bannerlarni ko‘tarishdi.
Danmarks Radio ma’lumotlariga ko‘ra, Terma kompaniyasi Isroil armiyasi tomonidan foydalaniladigan harbiy samolyotlar uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqaradi. Kompaniya rahbariyati korxonada bo‘lib o‘tayotgan namoyish haqida hozircha izoh bermadi.
Avvalroq BMT bosh kotibi, AQSH va Kanada Isroil tomonini G‘azoga gumanitar yordamni to‘siqsiz yetkazish imkoniyatini ta’minlash uchun mintaqani o‘qqa tutishni to‘xtatishga chaqirgandi. Isroil barcha chaqiriqlarni rad etdi.
Izoh (0)