Isroil va G‘azo sektori chegarasida artilleriya harakat qilmoqda, G‘azo tanklardan o‘qqa tutilmoqda. Bu haqida CNN telekanali Sderot shahridagi muxbiriga tayanib xabar berdi.
Shuningdek, mintaqada qiruvchi samolyotlar parvozi ham kuzatilgani ma’lum qilingan.
“Tanklardan o‘t ochilayotgani eshitilmoqda... G‘azo ketma-ket artilleriyadan o‘qqa tutilmoqda. G‘azo sektori va G‘azo shahrida ko‘plab vayronagarchiliklar qayd etilgan”, — deydi jurnalist.
U, shuningdek, “G‘azoda ulkan tutun devorini” ko‘rganini aytdi.
Avvalroq hududda bir necha kuchli portlashlar sodir bo‘lgani, aloqa va internet butunlay uzilgani xabar qilingandi.
Izoh (0)