Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlanishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat hokimi matbuot kotibi Behzod Qobulov buni rad etdi.
![](/static/2023/Nigora/photo_2022-09-23_13-35-25.jpg)
“Bu gaplar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev ayni paytda o‘z ishini davom ettirmoqda va kun tartibiga muvofiq, belgilangan vazifalar, chora-tadbirlar ijrosi bilan band”, — dedi u.
Viloyat hokimi matbuot kotibi tasdiqlanmagan axborotlarni tarqatish qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishini ham eslatib o‘tdi.
Qashqadaryo viloyati sobiq hokimi Zoir Mirzayev 2021-yilning noyabridan buyon Toshkent viloyati hokimi lavozimida ishlab kelmoqda.
Izoh (0)