Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 9-turida “Milan” va “Yuventus” 22-oktyabr, yakshanba kuni o‘zaro bahs olib bordi.
Uchrashuvning 40-daqiqasida milanliklar futbolchisi Malik Tiav qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Qolgan daqiqalarni “rossoneri” bir kishi kam bo‘lib o‘tkazdi.
Ikkinchi bo‘limda hujumkorlikni oshirgan turinliklar hisobni ochdi. 63-daqiqada Manuel Lokatellining uzoqdan bergan zarbasidan so‘ng to‘p Krunichga tegib, yo‘nalishini o‘zgartirdi va darvozadan joy oldi. Ushbu gol o‘yin yakuniga qadar yagonaligini saqlab qoldi va “Yuventus”ga g‘alaba keltirdi.
“Yuventus” ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 20 taga yetkazdi va musobaqa jadvalida 3-o‘rinda bormoqda. “Milan” esa 21 ochko bilan 2-pog‘onadan joy olgan.
A Seriya
9-tur bahsi
22-oktyabr, yakshanba
“Milan” – “Yuventus” 0:1
Gol: 0:1 – 63 Lokatelli.
“Milan”: Mirante, Kalabriya (Kyer, 79), Tomori, Tiav, Florensi, Pulishich (Kalulu, 43), Adli (Krunich, 60), Reynders (Romero, 79), Musa, Rafael Leau, Jiru (Yovich, 60).
“Yuventus”: Shensni, Rugani, Bremer, Gatti (Xeysen, 78), Vea (Miretti, 84), Kostich (Kambyazo, 56), Rabyo, Lokatelli, Makkenni, Milik (Kyeza, 78), Kin (Vlahovich, 56).
Ogohlantirishlar: Vea (52), Reynders (61), Makkenni (67), Gatti (71), Lokatelli (72).
Chetlatish: Tiav (40).
Izoh (0)