O‘zbekistonlik kurashchi Umid Esanov Navoiy viloyati hokimi tomonidan taqdirlandi.
Xanchjou shahrida o‘tkazilgan XIX Osiyo o‘yinlarida kurash bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritgan Umid Esanovga Navoiy viloyati hokimligi tomonidan ikki xonali uy va 100 000 000 so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Avvalroq, Osiyo o‘yinlarida chempionlikni qo‘lga kiritgan Bahodir Jalolovga Surxondaryo hokimi tadbirkorlar sovg‘a qilgan uch xonali uyning kalitini topshirgandi.
Izoh (0)