Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 22-turida “OKMK” 12-oktabr, payshanba kuni “Qizilqum” mehmoni bo‘ldi.
Uchrashuvning 25-daqiqasida navoiyliklar futbolchisi Islom Kenjaboyev hisobni ochdi. 50-daqiqada Ruben Sanches penaltidan unumli foydalanib, muvozanatni tikladi. 70-daqiqada Muhammadanas Hasanov olmaliqliklarni hisobda oldinga olib chiqdi.
Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va “OKMK” g‘alaba qozondi.
Mirjalol Qosimov jamoasi ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 36 taga yetkazdi va 5-o‘rinda bormoqda. “Qizilqum” esa 18 ochko bilan 12-pog‘onani band etgan.
Superliga
22-tur
12-oktabr, payshanba
“Qizilqum” – “OKMK” 1:2
Gollar: 1:0 — 29 Islom Kenjaboyev, 1:1 — 50 Ruben Sanches (penalti), 1:2 — 70 Muhammadanas Hasanov.
“Qizilqum”: 35. Javohir Ilyosov, 5. Samandar Shukurillayev, 6. Murodbek Rahmatov, 10. Islom Kenjaboyev, 11. Akaki Shulaya, 13. Nikolay Tarasov, 17. Muhammadali G‘iyosov, 23. Sherali Jo‘rayev (92. Marko Simonovski, 77), 24. Ifeani Ifeani, 25. Azizbek Usmonov, 77. Giorgi Kuxianidze.
“OKMK”: 25. Valijon Rahimov, 2. Akramjon Komilov, 3. Sardor Rahmonov, 5. Anzur Ismoilov, 9. Ruben Sanches, 10. Xurshid G‘iyosov, 15. Oybek Rustamov, 17. Sanjar Tursunov, 19. Muhammadanas Hasanov, 20. Islom To‘xtaxo‘jayev (29. Vitaliy Denisov, 17), 27. Martin Boake (14. Mirjahon Mirahmadov, 86).
Ogohlantirishlar: Javohir Ilyosov (49), Xurshid G‘iyosov (54), Azizbek Usmonov (82), Anzur Ismoilov (88).
Izoh (0)