Amerikalik reper 50 Cent Uelsdagi futbol bo‘yicha ayollar jamoasi homiysiga aylandi.
BBC nashrining xabariga ko‘ra, reper Kardiffning “AFC Rumney” U-14 qizlar jamoasiga yordam ko‘rsatgan. Jamoa libosiga 50 Cent yozuvi hamda G-Unit logotipi tushiriladi.
Jamoa murabbiyi Richi Braunning aytishicha, 50 Cent bilan yaqinda gastrol safarida ishlagan sportchilardan birining otasi reperdan jamoaga yordam berishini so‘ragan.
“U reperdan so‘rashga qaror qilganda eng yomon javob “yo‘q” bo‘lishini bilgan. Biroq, 50 Cent undan demagan va yordam berishga rozi bo‘lgan. Avvaliga, u liboslar uchun pul to‘ladi, keyin esa biz biroq beadablik qildik. Ko‘proq pul so‘radik va u mashg‘ulot liboslari sotib olishga ham homiylik qildi.
Menimcha, Rayan Reynolds (“Reksxem” klubi xo‘jayini) o‘z klubiga ta’sir ko‘rsatgani kabi 50 Cent ham jamoamizga shunday ta’sir ko‘rsata oladi”, — deydi Braun.
Izoh (0)