• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Shahlo Zoirovaning jamoamizga qaytishini xohlaymiz” — “Bravo” kulgi jamoasining konsert repetitsiyasidan maxsus reportaj (video)

    2018-yili tashkil etilgan “Bravo” kulgi jamoasi qisqa vaqtda o‘z muxlislarini topishga, O‘zbekiston poytaxtidan to viloyatlarigacha va dunyoning ko‘plab mamlakatlarida konsert berishga ulgurgan. Kulgi jamoasining bu yilgi konsert dasturi 14—21-oktyabr kunlari “Xalqlar do‘stligi” sanʼat saroyida bo‘lib o‘tadi. Xo‘sh, kulgi jamoasi yangi dasturga qanday tayyorgarlik ko‘rmoqda? “Daryo” muxbiri Nargizaxon Murodova bu savolga javob olish maqsadida ularning tayyorgarlik jarayonlarida ishtirok etdi.

    — Har yilgi konsertga alohida tayyorgarlik ko‘ramiz. Sir emas, kulgi jamoalari o‘rtasida ham raqobat kuchaygan, vaynerlar ham qizg‘in ishlayapti. Shu bois doim aʼlo darajada tayyorgarlik ko‘rishga va tesha tegmagan mavzularni sahnaga olib chiqishga harakat qilamiz.

    Foto: “Daryo”

    Tayyorgarlik jarayonlari oqshom boshlanib, to tongga qadar davom etyapti. Deyarli uyqu yo‘q, desa ham bo‘ladi. Repetitsiyani kunduzi qilishga ham harakat qildik, ammo ko‘pchilik ijoddan tashqari tadbirkorlik va davlat ishida ishlagani uchun kechqurun ishlash bizga ancha qulayroq ekan. Ishdan keyin xotirjam yig‘ilib ishlaymiz.

    Foto: “Daryo”

    Bu yilgi konsertimizning avvalgilariga nisbatan masʼuliyati juda yuqori. Sababi bu yil konsertimiz to‘liq jonli ijroda o‘tkaziladi. Avvalgilarida ham hazillar jonli ijroda bo‘lgan, ammo sahna ko‘rinishlari orasidagi musiqalar dijey tomonidan boshqarib boriladi. Bu yilgi konsertda esa orkestr bilan ishlayapmiz va 10 dan ortiq sozandalar musiqalarni jonli ijro etishadi, — deydi “Bravo” kulgi jamoasi aʼzosi Umid Umarov.

    Foto: “Daryo”

    “Kulgi jamoalari uchun jonli ijroda konsert berish qanchalik muhim?” degan savolimizga jamoa aʼzosi Otabek Mirzaxolov quyidagicha javob berdi.

    — Fonogrammadan foydalanganimiz biz uchun qulay, ammo jonli ijroda bo‘lishi ham qiziq bo‘larkan. Faqat masʼuliyati shundaki, orkestr ham biz bilan tengma-teng ishlashi kerak. Bu qarorga kelishimizga jonli ijroda o‘tkaziladigan konsertlar saroy arendasining yarmi chegirma qilinishi sabab bo‘ldi. Sir emas, biz konsertlarni o‘zimiz moliyalashtiramiz. Sakkiz kunlik sanʼat saroyining ijara puli ozmuncha bo‘lmaydi, — deydi Otabek Mirzaxolov.

    Foto: “Daryo”

    O‘tgan yili Shahlo Zoirovaning jamoani tark etgani muxlislar uchun kutilmagan yangilik bo‘ldi. Uning o‘rniga aktrisa Nargiza Salmonova va Durdona Qurbonovalar jamoaga qabul qilingandi. Ammo bu yilgi tayyorgarlik jarayonlarida faqatgina Durdona Qurbonovani uchratdim.

    — Nargiza Salmonova farzandli bo‘ldi va oilasi bilan xorijda yashaydi. Shu bois navbatdagi konsertda faqatgina Durdona Qurbonova va yordamchi rollarda bir-ikkita qizlar ishtirok etishadi xolos. O‘zi yigitlar bilan maslahatlashgan holda qizlar rolini kamaytirmoqchimiz. Hazil-huzulni erkaklar qilgani maʼqul, degan qarorga keldik.

    Shahlo Zoirovaning ijodini hamisha kuzatib boramiz. Ishlari avjida, unga faqat omad tilaymiz, — deydi Umid Umarov.

    Foto: “Daryo”

    Shu kungacha Shahlo Zoirova nega jamoani tark etgani ochiqlangani yo‘q. Agar jiddiy kelishmovchilik bo‘lmaganida ular ayro ijod qilmagan bo‘lardi. Bu savolga Umid Umarov quyidagicha javob berdi.

    Foto: “Daryo”

    — Jamoa bilan ishlash juda qiyin. Chunki har kimning o‘ziga yarasha feʼl-atvori bor. Baʼzida yaxshi fikrlar ham bir-biri bilan qarama-qarshi bo‘lib qoladi. Shahlo Zoirovaning qaytishini xohlaymiz, chunki uning o‘rni boshqacha. Agar mablag‘ tomonlama aytadigan bo‘lsak, u yuqori darajaga chiqdi. U bir kunning o‘zida 3-4 ta xonadonning xizmatida bo‘lyapti. Konsert tizimi esa boshqacha. 15 kun tinimsiz har kunlik tayyorgarlik jarayonlari, undan keyin konsert. Xullas, hammamiz sahnadagi tayyorgarlik va konsert jarayonlari bilan bir oy band bo‘lamiz. Shahlo esa tinimsiz xalq xizmatida, — deydi Umid Umarov.

    Videoni to‘liq holda tomosha qilishni istasangiz:

    12.10.2023, 21:50   Izoh (0)   19773
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Kosmos”dan “Million” va “Dizayn”ning saviyasidagi konsertni kutish kerak emas — Davron Kabulov o‘zi prodyusserlik qilgan jamoaning raqobatchi bo‘lishidan qo‘rqadi...

    12.10.2023, 14:50

    “900 ta bilet sotilishi shunchaki sharmandalik” — Rayhon “Humo Arena”dagi konsertining qoldirilish sabablari haqida (foto)

    12.10.2023, 10:48

    “To‘rt yil kutilgan baxt”: Aktrisa Malika Avazova egizak farzandli bo‘ldi 

    11.10.2023, 19:34

    Nikohsiz tug‘ilganlik tamg‘asi va boy berilgan bolalik: Bollivud yulduzi Rekha kinodagi karyerasini qanday boshlagan? 

    11.10.2023, 17:57

    O‘zbek shou-biznesi vakillarining mashhurlikda o‘zlaridan qolishmaydigan rafiqalari (foto) 

    11.10.2023, 14:47

    Instagram: Munisa Rizayevaga turmush o‘rtog‘i yangi mashina sovg‘a qildi, SanJay avariyaga uchradimi? Tug‘ilgan kunini nishonlayotgan Sardor Mamadaliyev 

    10.10.2023, 21:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.