Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 13-oktyabrda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 12,92 so‘mga oshib, 12 229,01 so‘m bo‘ldi. Yevro 29,60 so‘mga oshib, 12 984,76 so‘m bo‘ldi. O‘z navbatida rubl kursi ham 3,80 so‘mga ko‘tarilib, 126,26 so‘mni tashkil qildi.
Bundan avval dollar rasmiy kursi 9-oktyabrda 8,31 so‘mga pastlab, 12 189,81 so‘m bo‘lgan. 10-oktyabrda esa dollar 9,76 so‘mga pastlab, 12 180,05 so‘m bo‘lgan. 11-oktyabr kuni 1 AQSH dollari kursi 20,17 so‘mga, 12-oktyabrda esa 15,87 so‘mga oshdi.
Izoh (0)