Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Skype O‘zbekistonda erkin ochila boshladi. Servisdan taqiq olib tashlangani haqidagi ma’lumotni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot kotibi Sherzod Ahmatov “Daryo”ga tasdiqlagan.

Foto: 3DNews

Foto: 3DNews

Messenjer 2021-yil iyul oyida O‘zbekiston fuqarolarining shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzuvchilar reyestriga kiritilgan edi. Hozirda Skype ushbu reyestrdan chiqarilgan. AKT vazirligi vakili messenjerning qayta ishlashi “Skype bilan o‘zaro manfaatli muzokaralar natijasi” ekanini ma’lum qildi.

Sherzod Ahmatovning qo‘shimcha qilishicha O‘zbekistonda bloklangan ijtimoiy tarmoqlarni reyestrdan chiqarish bo’yicha muzokaralar olib borilmoqda. Hozirda reyestrda to‘rtta resurs mavjud — Twitter, TikTok, “VKontakte” va WeChat.

“O‘zbekiston siyosati ochiqlik va shaffoflik. Shu maqsadda vazirlik tomonidan global tarmoqdagi ijtimoiy tarmoqlar bilan hamkorlik ishlari olib borilmoqda. Ularni erkin faoliyat yuritishlari uchun belgilangan tartibda sharoit yaratib berish ustida ishlanmoqda. Muzokaralar yakuniga ko‘ra, sekin-asta boshqa ijtimoiy tarmoqlar ham reyestrdan chiqariladi. Bu haqda ommaviy axborot vositalariga qo‘shimcha axborot beriladi”, — deydi vazirlik vakili.

Qonunga ko‘ra, xorijiy kompaniyalar O‘zbekiston fuqarolarining shaxsga doir ma’lumotlarini qayta ishlaydigan serverlarni mamlakat hududida joylashtirishi kerak. 2021-yilning yanvar oyida prezident tomonidan ushbu masala yuzasidan qonunga kiritilgan qo‘shimchalar imzolangan. Kiritilgan qo‘shimchalar 2021-yil aprel oyining o‘rtalarida kuchga kirgan.

2021-yilning may oyida “O‘zkomnazorat” “VKontakte”, Twitter va WeChat egalaridan qonunga rioya qilishni talab qildi va iyul oyida ularni qoidabuzarlar reyestriga kiritdi. Ayni vaqtda bir necha yil avval O‘zbekistonda kirish cheklangan Skype ham reyestrda paydo bo‘lgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yil iyul oyida O‘zbekistonda TikTok va Twitter’ning ochilishi sekinlashdi. 2-iyul kuni esa O‘zbekistonda ayrim ijtimoiy tarmoqlar, xususan, TikTok’dan foydalanish rasman cheklandi. 2022-yilning fevral oyida O‘zbekistonda TikTok’ni butunlay bloklash taklif qilingandi. Bunga Adliya vaziri munosabat bildirib, axborot erkin tarqatilishi tarafdori ekanini aytgan va jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish kerakligini ta’kidlagan.

2022-yilning 16-mart kuni O‘zbekistonda Twitter va TikTok VPN ilovalarisiz ishlay boshladi. Biroq ko‘p o‘tmay ijtimoiy tarmoqlarga kirish yana cheklandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Elektr ta’minotidagi uzilishlarga ko‘p duch keldim” — O‘zbekistonga ko‘chib o‘tgan IT-mutaxassis taassurotlari
Dunyo
Saakashvilining organizmida margimush topildi — advokat
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Volodin boshchiligidagi Rossiya parlament delegatsiyasini qabul qildi (foto)