Ilg‘or texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan Chevrolet Traverse avtomobilining bir kun ichida egasiga aylaning.
Kompaniya tomonidan tashkil etilgan test-drayv jarayonida yangilangan modelning imkoniyatlari haqida maʼlumot berildi.
Chevrolet Traverse yo‘ltanlamasi o‘ziga xos dizayni, tezkorligi, zamonaviy talablarga to‘la javob bera olishi, qulayligi va albatta, yuqori sifati bilan avtomobil ixlosmandlarini o‘ziga jalb qiladi.
Traverse modelining yangi imkoniyatlari quyidagilar:
• adaptiv kruiz-kontrol;
• avtomatik tormoz tizimi;
• to‘liq old va orqa diod faralar;
• o‘chirish funksiyasiga ega start/stop tizimi;
• xavfdan ogohlantiruvchi o‘rindiq;
• oldidagi avtomobilga nisbatan distansiya monitoring tizimi;
• harakatlanish qatorini saqlash;
• Apple CarPlay va Android Auto tizimlarini qo‘llab-quvvatlash;
• simsiz quvvatlash qurilmasi va boshqalar.
Avtomobilning 3,6 litrli V6 dvigateli 318 ot kuchiga ega bo‘lib, 7,6 soniyada 100 km/soat tezlikka chiqa oladi. Muhimi turli tezlikda ham avtomobilni qulay tarzda boshqarish imkonyati mavjud.
Traverse’ning yana bir xususiyati yoqilg‘i tejamkorligida. Avtomobil 100 km masofaga 10–12 litr atrofida benzin sarflaydi.
Avtomobil saloni yetti o‘rindiqli va u zamonaviy funksiyalar bilan jihozlangan. Masalan, rangli 8 dyumli sensor ekran, 10 ta Bose premial kalonkalaridan iborat multimedia tizimiga ega. Xavfsizlik texnologiyalari va texnik xususiyatlari ham aʼlo darajada.
Traverse’da yukxonani qo‘lsiz ochish, avtomatik tarzda chiroqlarni sozlash, 360 gradusli kamera, piyodalarni aniqlash, iqlim nazorati, o‘rindiqlarni isitish tizimlari ham mavjud va bu haydovchi hamda yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar beradi. Shuningdek, avtomobil charmdan ishlangan o‘rindiqlari, lyukli panorama tomi bilan ham avtomobil ixlosmandlarini qiziqtira oladi.
Ayni paytda Chevrolet Traverse avtomobili sotuvda mavjud va uni navbatsiz xarid qilish hamda bir kun ichida olib ketish mumkin. Buning uchun UzAuto Motors kompaniyasining rasmiy dilerlariga murojaat qilish kifoya. Avtomobil haqida qo‘shimcha maʼlumotlar ham kompaniyaning rasmiy sahifalarida berib borilmoqda.
Izoh (0)