Pokistonning Balujiston viloyati Mastung shahridagi masjid yaqinida portlash yuz berdi, oqibatda kamida 52 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Dawn nashri.
“Kamida 52 kishi, jumladan, politsiyachi halok bo‘ldi, 50 dan ortiq kishi jarohat oldi”, — deb yozadi nashr.
Huquq-tartibot idoralariga ko‘ra, portlashni xudkush-terrorchi amalga oshirgan.
Keyinroq Pokistondagi yana bir masjidda portlash sodir bo‘ldi. Pokistonning shimoli-g‘arbidagi Xayber-Paxtunxva viloyatida joylashgan Xangu shahridagi masjidning tomi portlash oqibatida butunlay qulab tushdi. Mahalliy OAV politsiyaga tayanib, ikki kishi halok bo‘lgani va besh nafari yaralanganini xabar qilmoqda. Ta’kidlanishicha, vayronalar ostida kamida 40 kishi qolmoqda.
Geo TV xabar berishicha, portlashlar aholi payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ning tavallud kuni — Mavludni nishonlash uchun yig‘ilayotgan masjidlar yaqinida sodir bo‘lgan.
Izoh (0)